“2442-modda. Diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (772-I-son) · Sana: 15.04.1999 · Amalda
Diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish —
mol-mulk musodara qilinib, besh yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar — ogʻir oqibatlar kelib chiqishiga sabab boʻlsa, —
mol-mulk musodara qilinib, oʻn besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Basharti shaxs taqiqlangan tashkilotlar mavjudligi toʻgʻrisida oʻz ixtiyori bilan xabar qilgan va jinoyatni ochishga yordam bergan boʻlsa, u ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan jinoyat uchun javobgarlikdan ozod qilinadi”.
VIII. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda):
1) 48-moddasining birinchi qismidagi “qaror yoki ushlanganligi toʻgʻrisidagi bayonnoma unga maʼlum qilingan paytdan boshlab” degan soʻzlar “qaror unga maʼlum qilingan paytdan yoki u ushlangan paytdan boshlab” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 49-moddasining uchinchi qismidagi “qaror yoxud ushlanganligi toʻgʻrisidagi bayonnoma eʼlon qilingan paytdan boshlab” degan soʻzlar “qaror eʼlon qilingan paytdan yoxud u ushlangan paytdan boshlab” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 53-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Himoyachi: manfaatlarini himoya qilayotgan shaxsning nimada gumon qilinayotganligi yoki ayblanayotganligini bilish; ishda ishtirok etish uchun oʻziga ijozat berilgani toʻgʻrisida surishtiruv, dastlabki tergov organlari va suddan yozma ravishda tasdiq talab qilish; gumon qilinuvchi soʻroq qilinayotganda ishtirok etish, shaxsga ayblov eʼlon qilinayotganda hozir boʻlish hamda ayblanuvchi soʻroq qilinayotganda, shuningdek ularning ishtirokida oʻtkaziladigan boshqa tergov harakatlarida qatnashish va gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, guvohlarga, ekspertlarga, mutaxassislarga savollar berish; surishtiruvchi yoki tergovchining ruxsati bilan boshqa tergov harakatlari yurgizilayotganda ishtirok etish; oʻzi qatnashgan tergov harakatlarining yuritilishi xususida yozma mulohazalar berish; iltimosnoma berish va rad etish; dalillar taqdim qilish; davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan hamda jamoat birlashmalaridan himoyani amalga oshirish uchun zarur boʻlgan maʼlumotnomalar, tavsifnomalar va boshqa hujjatlar soʻrab olish; gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi ishtirokida oʻtkazilgan protsessual harakatlarga oid hujjatlar bilan, dastlabki tergov tamom boʻlgandan keyin esa, jinoyat ishiga doir barcha materiallar bilan tanishish va ulardan kerakli maʼlumotlarni yozib olish; agar himoyani amalga oshirish zaruriyati taqozo etsa, davlat sirlari, tijorat siri yoki boshqa sir hisoblangan maʼlumot bilan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda tanishish; ishning suddagi muhokamasida taraf sifatida ishtirok etish; surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning va sudning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyatlar keltirish; sud majlisining bayonnomasi bilan tanishish va u haqda oʻz mulohazalarini bildirish; ish boʻyicha keltirilgan shikoyatlar, protestlardan xabardor boʻlish va ularga nisbatan eʼtirozlar bildirish; kassatsiya va nazorat instansiyasi sudi majlislarida ishtirok etish huquqiga egadir”;
