28-modda. Oʻrmonlarni koʻpaytirish
“Oʻrmon toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-475-son) · Sana: 16.04.2018 · Amalda
Oʻrmonlarni koʻpaytirish oʻrmondan foydalanuvchilar tomonidan hududlarning serdaraxtligini oshirish, oʻrmonlarning tur tarkibini yaxshilash, qimmatli daraxt navlarini koʻpaytirish va eroziya jarayonlarining oldini olish maqsadida quyidagilar orqali maxsus dasturlar boʻyicha amalga oshiriladi:
daraxtlar va butalarning koʻchatlarini, urugʻlarini ekish;
togʻ yonbagʻirlari, jarliklar va tashlandiq yerlarda eroziyaga qarshi daraxtzorlar barpo etish ishlarini bajarish;
qimmatli daraxt navlarini koʻpaytirish maqsadida ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish, manzarali, mevali daraxtlar va butalar yetishtirishning samarali usullarini ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy etish.
Oʻrmonlarni koʻpaytirish qonunchilikka muvofiq boshqa yoʻllar bilan ham amalga oshiriladi.
Oʻrmonlarni koʻpaytirish uchun beriladigan, qishloq xoʻjaligiga va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar qonunchilikka muvofiq oʻrmon fondi yerlari toifasiga oʻtkaziladi.
