27-modda. Oʻrmonlarning qoʻriqlanish toifalari
“Oʻrmon toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-475-son) · Sana: 16.04.2018 · Amalda
Oʻrmonlar belgilangan maqsadi va bajaradigan vazifalariga muvofiq quyidagi qoʻriqlanish toifalari jumlasiga kiritiladi:
oʻrmonlarning daryolar, koʻllar, suv omborlari va boshqa suv obyektlari sohillari boʻylab oʻtgan taqiqlangan mintaqalari;
oʻrmonlarning ovlanadigan qimmatli baliqlar uvuldiriq sochadigan joylarni muhofaza qiluvchi taqiqlangan mintaqalari;
eroziyadan saqlaydigan oʻrmonlar;
oʻrmonlarning temir yoʻllar va avtomobil yoʻllari yoqalab oʻtgan ihota mintaqalari;
choʻl va chala choʻl zonalarining oʻrmonlari;
shahar oʻrmonlari va oʻrmon-bogʻlari;
shaharlar, boshqa aholi punktlari va sanoat markazlarining koʻkalamzorlashtirilgan zonalari atrofidagi oʻrmonlar;
suv taʼminoti manbalarini sanitariya jihatidan muhofaza qilish zonalaridagi oʻrmonlar;
alohida qimmatga ega boʻlgan oʻrmonlar;
yongʻoqchilik zonalaridagi oʻrmonlar;
oʻrmonlarning mevali daraxtzorlari;
davlat qoʻriqxonalarining oʻrmonlari;
majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqxonalarining oʻrmonlari;
tabiat bogʻlarining oʻrmonlari;
buyurtma qoʻriqxonalarning oʻrmonlari;
kurort tabiiy hududlarning oʻrmonlari;
davlat biosfera rezervatlarining oʻrmonlari;
davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning oʻrmonlari;
ilmiy yoki tarixiy ahamiyatga ega boʻlgan oʻrmonlar.
Oʻrmonlarni qoʻriqlanish toifalariga kiritish Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.
