26-modda. Oʻrmon xoʻjaligini tashkil etishning asosiy qoidalari
“Oʻrmon toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-475-son) · Sana: 16.04.2018 · Amalda
Oʻrmon xoʻjaligini tashkil etish:
oʻrmonlarning himoya qilish, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya va boshqa foydali tabiiy xususiyatlarini saqlash hamda kuchaytirishni;
oʻrmonlardan oqilona foydalanishni;
oʻrmonlarni koʻpaytirishni, takroriy koʻpaytirishni, qayta tiklashni, ularning mahsuldorligini oshirishni, tur tarkibi va sifatini yaxshilashni;
oʻrmonlarni yongʻinlardan muhofaza qilishni, zararkunandalar va kasalliklardan himoya qilishni;
oʻrmonlarning qoʻriqlanish toifalarini aniqlashni;
oʻrmonlarning yetilish yoshini, kesish usullarini va oʻrmondan foydalanish normalarini belgilashni;
oʻrmon fondi yerlaridan oqilona foydalanishni taʼminlashi kerak.
Oʻrmon xoʻjaligini tashkil etish qonunchilikka muvofiq boshqa tashkiliy-texnik tadbirlar bilan ham taʼminlanadi.
