29-modda. Oʻrmonlarni qayta tiklash
“Oʻrmon toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-475-son) · Sana: 16.04.2018 · Amalda
Oʻrmonlarni qayta tiklash quyidagi talablarga rioya qilingan holda amalga oshiriladi:
daraxtlar kesilgan, yongʻinlar, oʻrmon zararkunandalari, kasalliklari va boshqa salbiy taʼsirlar oqibatida zararlangan joylarda xoʻjalik jihatidan qimmatli daraxtlar turlarini majburiy ravishda ekishni taʼminlash;
mintaqalarning tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda, qurgʻoqchilikka, zararkunandalar va kasalliklarga chidamli oʻsimliklar turlarini tanlashga doir tavsiyalarga rioya etish;
oʻrmonlarning tur tarkibini yaxshilash, ularning mahsuldorligini va himoya xususiyatlarini oshirish;
oʻrmonning tabiiy ravishda tiklanishi uchun qulay sharoitlar yaratish;
oʻrmonlarning genetik fondi va biologik xilma-xilligini saqlab qolish.
Oʻrmonlarni qayta tiklash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
