17-modda. Avtomobil yoʻllarida harakatni cheklash va taqiqlab qoʻyish
Avtomobil yoʻllari toʻgʻrisida (653-XII-son) · Sana: 03.07.1992 · Amalda
Tabiiy ofat yuz bergan hollarda, taʼmirlash — qurilish ishlarini amalga oshirish chogʻida yoki boshqa hollarda mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralari qarorlariga muvofiq avtomobil yoʻllarida harakat vaqtincha toʻxtatib yoki cheklab qoʻyilishi mumkin.
Avtomobil yoʻllarini saqlash uchun javobgar idoralar yoʻl uchun ajratilgan mintaqada ish olib borayotgan davrda bu ishlar transport hamda piyodalar toʻxtovsiz va xavfsiz harakatiga tahlika solsa, yoʻllardagi yoki ularning maʼlum boʻlaklaridagi qatnovni yopib qoʻyish yoxud cheklashga haqlidirlar.
Avtomobil yoʻllarida yoʻl ishlarini amalga oshirish uchun qatnovni yopib qoʻyish yoki cheklash mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralari beradigan order asosida amalga oshiriladi.
Berilgan koʻrsatmalarni yoki ishlarni amalga oshirish uchun orderda koʻrsatilgan muddatlarni buzish, ishlarni amalga oshirayotgan idoralarning qonunda belgilanadigan miqdorda va tartibda moddiy javobgarligiga sabab boʻladi.
Shoshilinch, kechiktirish mumkin boʻlmagan hollarda ishlarni amalga oshirish uchun oldindan order olmasdan turib ham qatnovni cheklash yoki taqiqlash mumkin, biroq bu haqda yoʻllarni saqlash uchun masʼuliyatli boʻlgan idoralarga va Davlat avtomobil nazorati idoralariga habar berish shart.
