16-modda. Avtomobil yoʻllaridan foydalanish hamda ularda yurish sharoitini yomonlashishga olib keladigan ishlarni amalga oshirish huquqini cheklash
Avtomobil yoʻllari toʻgʻrisida (653-XII-son) · Sana: 03.07.1992 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasining yoʻl idoralari bilan kelishmasdan turib:
yoʻl chekkalarida va yoʻl uchun ajratilgan mintaqada yoʻl axborotiga aloqasi boʻlmagan reklama-shiorlar, lavhalar, eʼlonlar oʻrnatish;
sport musobaqalari (krosslar, avtomobil, mototsikl, velosiped poygalari va boshqa tadbirlar) oʻtkazish;
yoʻlga ajratilgan mintaqada koʻkalamzorlashtirish ishlarini olib borish;
avtomobil yoʻllarini kanallar, aloqa va elektr uzatish liniyalari, neft quvurlari, gaz quvurlari, suv quvurlari, temir yoʻllar va boshqa kommunikatsiyalar kesib oʻtishi, tutashadigan va ajralib chiqadigan yoʻllarni qurish;
koʻpriklar va quvurlar yaqinida melioratsiya hamda boshqa maqsadlar uchun daryolarning va zovurlarning oʻzanlarini chuqurlashtirish;
umumiy foydalanishdagi yoʻllar bilan birlashtirilgan shlyuzlarni, toʻgʻonlarni va boshqa melioratsiya hamda gidrotexnika inshootlarini taʼmirlash;
yoʻl chetlarida hamda yoʻl koʻtarmalari va oʻyimlarining qiyaliklarida joylashgan aloqa va elektr uzatish liniyalarini qaytadan qurish taqiqlanadi.
