18-modda. Avtomobil yoʻllariga tutash yer egalarining va yerdan foydalanuvchilarning burchlari
Avtomobil yoʻllari toʻgʻrisida (653-XII-son) · Sana: 03.07.1992 · Amalda
Hududlaridan avtomobil yoʻllari oʻtadigan yer egalari va yerdan foydalanuvchilar:
umumiy foydalanishdagi yoʻllarga qoʻshiladigan va ularga olib boradigan yoʻllarni texnikaviy jihatdan soz holda saqlashlari;
yoʻlkalarni, piyodalar yoʻllarini axlatdan, loydan va qordan tozalab turishlari;
dov-daraxtlarni asrash va yaxshi saqlab turishga yordam berishlari;
yoʻlga tutash butalar va binolarni parvarishlagan hamda boʻyalgan holatda saqlashlari;
yoʻl oʻrtasidan 50 metrdan kam boʻlgan masofada tosh, shox-shabba, konstruksiyalar va boshqa materiallar toʻplanishiga yoʻl qoʻymasliklari shart.
