“521-modda. Nazorat instansiyasi sudining vakolatlari”;
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida (O‘RQ-463-son) · Sana: 29.01.2018 · Amalda
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sud ishni nazorat tartibida koʻrib chiqib, oʻzining ajrimi, qarori bilan:
1) hukmni, ajrimni, qarorni oʻzgarishsiz, shikoyatni yoki protestni esa qanoatlantirishsiz qoldirishga;
2) ajrimni, qarorni bekor qilishga va ishni yangidan apellatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrib chiqish uchun yuborishga;
3) hukmni, ajrimni, qarorni bekor qilishga va ishni tugatishga;
4) hukmni, ajrimni, qarorni oʻzgartirishga haqlidir”;
ikkinchi qismidagi “Protestni” degan soʻz “Ishni nazorat tartibida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
40) 527-moddaning 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1) jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlari, hududiy harbiy sudlar tomonidan hukm yoki ajrim chiqarilgan ishlar, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha sudi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan hukmlar, ajrimlar chiqarilgan ishlar boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatida”;
41) 5361-moddaning matnidagi “okrug” degan soʻz chiqarib tashlansin;
42) 546-moddaning matnidagi “okrug harbiy sudining yoki” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
43) 590-moddaning birinchi qismidagi “okrug” va “Oliy” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
44) 602-moddaning birinchi qismidagi “Oliy” degan soʻz chiqarib tashlansin.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 138-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
