“245-modda. Maʼmuriy sudlar”;
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida (O‘RQ-463-son) · Sana: 29.01.2018 · Amalda
birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlaridagi “Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudyalar”, “maʼmuriy ishlar boʻyicha sudyalar” degan soʻzlar “Maʼmuriy sudlar”, “maʼmuriy sudlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) 276-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan maʼlumotlar quyidagi vositalar: maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma, maʼmuriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning tushuntirishlari hamda jabrlanuvchining, guvohlarning koʻrsatuvlari, ekspert xulosasi, mutaxassis maslahati (tushuntirishlari), ashyoviy dalillar, ashyolar va hujjatlarni olib qoʻyish toʻgʻrisidagi bayonnoma, audio-, videoyozuvlardan va fotosuratlardan iborat materiallar, shuningdek boshqa materiallar bilan belgilanadi”;
8) 282-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi — toʻrtinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnomaga quyidagilar ilova qilinadi:
1) maʼmuriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjatning koʻchirma nusxasi;
2) ichki ishlar organlarining maʼmuriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning ilgari maʼmuriy javobgarlikka tortilganligi fakti mavjudligi yoki mavjud emasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi;
3) maʼmuriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning tushuntirishi;
4) jabrlanuvchining, guvohlarning koʻrsatuvlari, ekspertning xulosasi, agar ular mavjud boʻlsa;
5) maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etilganligi faktini tasdiqlovchi boshqa materiallar.
Ushbu Kodeksning 133 va 134-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi bayonnomaga ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlardan tashqari quyidagilar ilova qilinadi:
1) haydovchilik guvohnomasi, transport vositasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning va ishonchnomaning koʻchirma nusxasi;
2) sugʻurta polisining koʻchirma nusxasi (mavjud boʻlgan taqdirda);
3) alkogolli ichimlikdan, giyohvandlik moddasi taʼsiridan yoki oʻzgacha tarzda mast holda boshqarilganligi belgilangan tartibda tekshiruvdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi tibbiy xulosa, alkogolli ichimlikdan, giyohvandlik moddasi taʼsiridan yoki oʻzgacha tarzdagi mastlik holatini aniqlash uchun tekshiruvdan oʻtishdan boʻyin tovlagan taqdirda ikki xolis ishtirokida tuzilgan dalolatnoma;
