5152-modda. Nazorat tartibidagi shikoyatni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga koʻrib chiqish uchun oʻtkazish toʻgʻrisidagi ajrim
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida (O‘RQ-463-son) · Sana: 29.01.2018 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining nazorat tartibidagi shikoyatni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga koʻrib chiqish uchun oʻtkazish toʻgʻrisidagi ajrimida quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi lozim:
1) ajrim chiqarilgan vaqt, joy;
2) ajrim chiqargan sudyaning familiyasi, ismi, otasining ismi;
3) nazorat tartibida shikoyat bergan shaxs haqidagi maʼlumotlar;
4) hukm chiqargan sudning, ajrim chiqargan apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining nomi, apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining hukmi, ajrimi chiqarilgan sana;
5) nazorat tartibida berilgan shikoyatning mohiyati;
6) nazorat tartibida berilgan shikoyatni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga koʻrib chiqish uchun oʻtkazish sabablari va asoslari;
7) ishni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati tomonidan koʻrib chiqish joyi va vaqti.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi nazorat tartibidagi shikoyatni oʻzi chiqargan ajrim bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga jinoyat ishi bilan birga oʻtkazadi”;
36) 516-modda chiqarib tashlansin;
37) 518-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Protest kiritgan shaxs uni chaqirib olishga haqli. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori oʻz oʻrinbosari tomonidan keltirilgan protestni chaqirib olishga haqli. Protestni chaqirib olishga faqat nazorat instansiyasi sudi ishni koʻrib chiqishni boshlaguniga qadar yoʻl qoʻyiladi. Protest va uni chaqirib olish toʻgʻrisidagi hujjat ishda qoldiriladi”;
38) 519-modda chiqarib tashlansin;
39) 521-moddaning:
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
