“50-modda. Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik”;
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida (O‘RQ-446-son) · Sana: 14.09.2017 · Amalda
ikkinchi qismidagi “mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruv idoralarining, tabiatni muhofaza qilish idoralarining” degan soʻzlar “mahalliy davlat hokimiyati organlarining, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-mayda qabul qilingan “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi 846–XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 5, 230-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 12, 640-modda; 2010-yil, № 9, 337-modda) 26-moddasining matnidagi “yoki xoʻjalik sudi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi 913–XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 320-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 241-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2007-yil, № 4, 163-modda, № 9, 420-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2013-yil, № 12, 350-modda; 2014-yil, № 4, 86-modda, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 4-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Viloyat, tuman, shahar hokimi zarur boʻlgan hollarda oʻz faoliyati toʻgʻrisida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga hisobot taqdim etadi”;
2) 24-moddaning birinchi qismi:
oʻn birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ijroiya hokimiyati boʻlimlari, boshqarmalari, boshqa tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining hisobotlarini, shu jumladan qonunlarga rioya etilishi, tegishli xalq deputatlari Kengashlari qarorlarining va doimiy komissiyalar tavsiyalarining bajarilishi yuzasidan hisobotlarini eshitadi”;
quyidagi mazmundagi oʻn ikkinchi, oʻn uchinchi va oʻn toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
