“252-modda. Xalq deputatlari Kengashi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hududiy boʻlinmalari rahbarlarining hisobotl — Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida (O‘RQ-446-son)
“252-modda. Xalq deputatlari Kengashi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hududiy boʻlinmalari rahbarlarining hisobotlarini eshitish
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida (O‘RQ-446-son) · Sana: 14.09.2017 · Amalda
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining boshliqlari har chorakda tegishincha xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati toʻgʻrisida hisobot taqdim etadi.
Tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalarining (boʻlimlarining) boshliqlari har chorakda va ularning yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari — huquqbuzarliklarning profilaktikasi boʻlimlari (boʻlinmalari) boshliqlari har oyda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati toʻgʻrisida hisobotlar taqdim etadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hududiy boʻlinmalari rahbarlarining hisobotlarini eshitishga tegishli hududda joylashgan boshqa davlat organlarining, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, korxonalarning, muassasalarning, tashkilotlarning, shu jumladan nodavlat notijorat tashkilotlarining, siyosiy partiyalarning, ommaviy axborot vositalarining vakillari va boshqa shaxslar taklif etilishi mumkin.
Yuklatilgan vazifalarning bajarilishi yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlar va ishlarning natijalari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hududiy boʻlinmalari rahbarlarining hisobotlarini eshitish chogʻida tanqidiy jihatdan muhokama qilinadi, ularning faoliyati samaradorligiga shaxsan baho beriladi, shuningdek egallab turgan lavozimiga muvofiq yoki muvofiq emasligi toʻgʻrisida tavsiyalar qabul qilinadi”.
11-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi 915-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 22-aprelda qabul qilingan OʻRQ-350-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, № 4, 96-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 12, 383-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 8-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari yuridik shaxs huquqlaridan foydalanadi, oʻz nomi yozilgan muhrga ega boʻladi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda “yagona darcha” markazlarida hisobga olinishi lozim”;
2) 10-modda birinchi qismining:
yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“fuqarolar yigʻini raisini (oqsoqolini), uning oʻrinbosarlarini (fuqarolar yigʻini raisining keksalar va faxriylar ishlari hamda yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchilarini) va maslahatchilarini saylash, shuningdek fuqarolar yigʻini organlarining boshqa mansabdor shaxslarini saylash, tasdiqlash va tayinlash tartibi”;
oʻninchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“fuqarolar yigʻini raisining (oqsoqolining), uning oʻrinbosarlarining (fuqarolar yigʻini raisining keksalar va faxriylar ishlari hamda yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchilarining) va maslahatchilarining vakolatlari”;
3) 11-modda:
nomidagi “Shaharcha, qishloq, ovul va shahardagi mahalla” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
birinchi qismining:
birinchi xatboshisidagi “Shaharcha, qishloq, ovul va shahardagi mahalla” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“fuqarolar yigʻini raisini (oqsoqolini), uning oʻrinbosarlarini (fuqarolar yigʻini raisining keksalar va faxriylar ishlari hamda yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchilarini) va maslahatchilarini, fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalarning hamda taftish komissiyasining raislarini va aʼzolarini saylaydi”;
yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“har chorakda kamida bir marta fuqarolar yigʻini raisining (oqsoqolining), uning oʻrinbosarlarining (fuqarolar yigʻini raisining keksalar va faxriylar ishlari hamda yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchilarining) va maslahatchilarining, fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalar hamda taftish komissiyasi raislarining, “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi rahbarining, fuqarolar yigʻinining diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchisining, shuningdek hududdagi taʼlim muassasalari rahbarlarining hisobotlarini eshitadi”;
quyidagi mazmundagi sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“ichki ishlar organlari tayanch punktlari huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻyicha inspektorlarining hisobotlarini belgilangan tartibda eshitadi;
tegishincha oilaviy poliklinikalarning, qishloq vrachlik punktlari rahbarlarining axborotlarini eshitadi”;
sakkizinchi — yigirma toʻrtinchi xatboshilari tegishincha oʻninchi — yigirma oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
oʻn yettinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
oʻn sakkizinchi — yigirma oltinchi xatboshilari tegishincha oʻn yettinchi — yigirma beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi yigirma oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam koʻrsatish va voyaga yetmagan bolalari boʻlgan muhtoj oilalarga, ikki yoshga toʻlmagan bolalari bor ishlamaydigan onalarga, shuningdek budjet tashkilotlarida ishlaydigan onalarga hamda ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarga nafaqalar tayinlash toʻgʻrisidagi masalalarni fuqarolar yigʻini hududi boʻyicha nazarda tutilgan xarajatlardan kelib chiqqan holda hal etadi, oilalarni davlat tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadlariga markazlashtirilgan tarzda ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanilishini taʼminlaydi”;
ikkinchi qismidagi “Shaharcha, qishloq, ovul va shahardagi mahalla” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
uchinchi va toʻrtinchi qismlari chiqarib tashlansin;
4) 12-modda chiqarib tashlansin;
5) 13-moddaning:
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Fuqarolar yigʻini kengashi tarkibiga fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli), uning oʻrinbosarlari (fuqarolar yigʻini raisining keksalar va faxriylar ishlari hamda yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchilari) va maslahatchilari, masʼul kotib, fuqarolar yigʻinining diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchisi, “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasining rahbari, shuningdek hududdagi profilaktika inspektorlari, taʼlim muassasalarining, qishloq vrachlik punktlarining va oilaviy poliklinikalarning rahbarlari kiradi”;
uchinchi qismi yigirma birinchi xatboshisidagi “shaharchalar, qishloqlar va ovullar” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
6) 14-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “shaharcha, qishloq va ovul” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
7) 15-moddaning birinchi va ikkinchi qismlaridagi “Shaharcha, qishloq va ovul” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
8) 18-modda birinchi qismining sakkizinchi xatboshisidagi “tabiatni” degan soʻz “atrof-muhitni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
9) 20-modda:
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi (bundan buyon matnda Respublika kengashi deb yuritiladi) tomonidan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlarda esa fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha hududiy kengashlar (bundan buyon matnda hududiy kengashlar deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi”;
quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari tegishincha Respublika kengashida, hududiy kengashlarda jamoatchilik asosida raislik qiladi.
Respublika kengashi va hududiy kengashlar raislarining birinchi oʻrinbosarlari bir vaqtning oʻzida tegishincha Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondining respublika boshqaruvida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlimlarida, tumanlar va shaharlar boʻlinmalarida raislik qiladi”;
ikkinchi qismi toʻrtinchi qism deb hisoblansin;
10) 21-modda:
birinchi qismidagi “tuman, shahar hokimining” degan soʻzlar “fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha tuman, shahar hududiy kengashining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “maslahatchilaridan” degan soʻz “oʻrinbosarlaridan (fuqarolar yigʻini raisining keksalar va faxriylar ishlari hamda yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchilaridan)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
beshinchi qismining uchinchi jumlasi chiqarib tashlansin;
11) 25-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Fuqarolar yigʻini raisining (oqsoqolining) oʻrinbosarlari (fuqarolar yigʻini raisining keksalar va faxriylar ishlari hamda yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchilari) va maslahatchilari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash raisning (oqsoqolning) taqdimnomasiga koʻra fuqarolar yigʻini tomonidan amalga oshiriladi”.
13-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 5-mayda qabul qilingan 1038–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Qahramoni” unvoni toʻgʻrisidagi nizomning (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 5, 113-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 141-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda) 3-moddasidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudining Raisi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
14-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 5-mayda qabul qilingan 1040–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan “Mustaqillik” ordeni toʻgʻrisidagi nizomning (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 5, 115-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4–5, 126-modda; 2003-yil, № 9–10, 149-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda) 3-moddasidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudining Raisi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
15-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 5-mayda qabul qilingan 1042-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan “Doʻstlik” ordeni toʻgʻrisidagi nizomning (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 5, 117-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5–6, 153-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda) 3-moddasidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudining Raisi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
16-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 5-mayda qabul qilingan 1046–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan “Shuhrat” medali toʻgʻrisidagi nizomning (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 5, 121-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2005-yil, № 1, 18-modda) 3-moddasidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudining Raisi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
18-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 6-mayda qabul qilingan “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida”gi 1062-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 29-avgustda qabul qilingan 397-II-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 9, 158-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 7, 355-modda; 2011-yil, №12/2, 364-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda) quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
1) 7-moddaning oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Har qanday sohada:
mahsulotga (xususan, qurilma, modda, mikroorganizm shtammi, oʻsimliklar yoki hayvonlar hujayralarining turlariga);
usulga (moddiy vositalar yordamida moddiy obyekt ustida xatti-harakatlarni amalga oshirish jarayoniga) taalluqli boʻlgan texnik yechim foydali model sifatida eʼtirof etiladi”;
2) 10-moddaning uchinchi va toʻrtinchi qismlari quyidagi mazmundagi uchinchi — yettinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Agar ish beruvchi bilan muallif (hammualliflar) oʻrtasidagi shartnomada ushbu moddaning ikkinchi qismidagi qoidalar nazarda tutilgan boʻlmasa, u holda muallif (hammualliflar) talabnoma topshirish va sanoat mulki obyektining patentini oʻz nomiga olish huquqiga ega boʻladi.
Agar ish beruvchi bilan muallif (hammualliflar) oʻrtasidagi shartnomada ushbu modda ikkinchi qismining qoidalari nazarda tutilgan boʻlsa va ish beruvchi yaratilgan sanoat mulki obyekti toʻgʻrisida muallif (hammualliflar) tomonidan yozma ravishda xabardor qilingan kundan eʼtiboran toʻrt oy ichida Agentlikka patent berish haqidagi talabnomani topshirmasa, patent berish haqidagi talabnomani topshirish huquqidan boshqa shaxs foydasiga voz kechmasa va tegishli obyektni sir saqlash toʻgʻrisida muallifga (hammualliflarga) maʼlum qilmasa, u holda muallif (hammualliflar) talabnoma topshirish va oʻz nomiga patent olish huquqiga ega boʻladi.
Mazkur moddaning uchinchi va toʻrtinchi qismlarida koʻrsatilgan hollarda ish beruvchi patent egasiga shartnomada belgilanadigan miqdorda tovon toʻlab, oʻz ishlab chiqarishida tegishli sanoat mulki obyektidan foydalanishda ustuvor huquqqa ega boʻladi.
Ish beruvchi sanoat mulki obyektini sir saqlagan taqdirda muallifga (hammualliflarga) mutanosib ravishda haq toʻlashi shart, haq miqdori shartnomada belgilanadi.
Patent egasi boʻlmagan, oʻz xizmat vazifalarini yoki ish beruvchidan olgan aniq topshiriqni bajarish munosabati bilan yaratilgan sanoat mulki obyektining muallifi (hammualliflari) tegishli sanoat mulki obyektidan foydalanilganligi yoxud unga oid litsenziya sotilganligi uchun haq olish huquqiga ega. Sanoat mulki obyektidan foydalanilganlik yoki unga oid litsenziyani sotganlik uchun tushayotgan mablagʻlar hisobidan muallifga (hammualliflarga) toʻlanadigan haqning miqdori, uni toʻlash shartlari va tartibi muallif (hammualliflar) hamda ish beruvchi oʻrtasidagi shartnomada belgilanadi”;
3) 27-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“patentda patent egasi sifatida koʻrsatilgan shaxsning patent olish uchun qonuniy asosga ega emasligi”.
19-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5–6, 153-modda; 2001-yil, № 1–2, 23-modda, № 9–10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9–10, 149-modda; 2004-yil, № 1–2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007-yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda; 2008-yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar, № 7, 352-modda, № 9, 485, 487, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 128-modda, № 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2010-yil, № 5, 176, 179-moddalar, № 9, 341-modda, № 12, 471, 477-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda) 87-moddasining birinchi qismidagi “voyaga yetmaganlar ishlari bilan shugʻullanuvchi komissiyada” degan soʻzlar “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyada” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
1) 84-modda beshinchi qismining 3-bandidagi “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyaga” degan soʻzlar “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyaga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 223-moddaning matni “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)” degan soʻzlardan keyin “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
3) 239-moddaning ikkinchi qismi:
quyidagi mazmundagi 21-band bilan toʻldirilsin:
“21) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining roziligi bilan”;
4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining sudyasiga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining roziligi bilan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha sudlar, iqtisodiy, maʼmuriy va harbiy sudlarining sudyalariga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining roziligi bilan”
4) 334-moddaning birinchi qismidagi “voyaga yetmaganlar ishi bilan shugʻullanuvchi komissiyaga” degan soʻzlar “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyaga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 536-moddaning uchinchi qismidagi “voyaga yetmaganlar ishi bilan shugʻullanuvchi komissiyaning” degan soʻzlar “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyaning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 537-moddaning uchinchi qismidagi “voyaga yetmaganlar ishi bilan shugʻullanuvchi komissiya” degan soʻzlar “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) 542-moddaning oltinchi qismidagi “voyaga yetmaganlar ishi bilan shugʻullanuvchi komissiyaning” degan soʻzlar “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyaning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
8) 551-moddaning matnidagi “voyaga yetmaganlarning ishi bilan shugʻullanuvchi komissiyani” degan soʻzlar “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyani” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
9) 562-moddaning:
nomidagi “Voyaga yetmaganlar ishi bilan shugʻullanuvchi komissiyaga” degan soʻzlar “Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyaga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
matnidagi “voyaga yetmaganlar ishi bilan shugʻullanuvchi komissiyaga” degan soʻzlar “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyaga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
1) 7-moddaning ikkinchi qismidagi “voyaga yetmaganlar ishi bilan shugʻullanuvchi komissiyalar” degan soʻzlar “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyalar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 14-moddaning:
birinchi qismidagi “Voyaga yetmaganlar ishi bilan shugʻullanuvchi komissiyalar” degan soʻzlar “Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyalar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “voyaga yetmaganlar ishi bilan shugʻullanuvchi shahar, tuman, shaharlardagi tuman komissiyalari” degan soʻzlar “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha tuman (shahar) idoralararo komissiyalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 242-moddaning:
1-bandidagi “xoʻjalik sudlari” degan soʻzlar “iqtisodiy sudlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3-bandidagi “voyaga yetmaganlar ishlari bilan shugʻullanuvchi tuman (shahar) komissiyalari” degan soʻzlar “voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha tuman (shahar) idoralararo komissiyalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 243-moddaning nomidagi va matnidagi “Voyaga yetmaganlar ishlari bilan shugʻullanuvchi komissiyalarning” va “Voyaga yetmaganlar ishlari bilan shugʻullanuvchi komissiyalar” degan soʻzlar tegishincha “Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyalarning” hamda “Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyalar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 2451-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
O'qish oynasida ochishRangli belgilar, qaydlar, qidiruv va tanlangan matn bo'yicha test bilan.
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: “252-modda. Xalq deputatlari Kengashi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hududiy boʻlinmalari rahbarlarining hisobotlarini eshitish Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida (O‘RQ-446-son). neolex.uz/uz/laws/law-3340556/252 (lex.uz/docs/-3340554)