“2451-modda. Iqtisodiy sudlar
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida (O‘RQ-446-son) · Sana: 14.09.2017 · Amalda
Iqtisodiy sudlar iqtisodiy nizolarni hal etish chogʻida maʼmuriy huquqbuzarliklar aniqlangan hollarda ushbu Kodeks 175-moddasining uchinchi qismida, 1761, 180 va 181-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqadi”;
6) 247-moddaning nomidagi va matnidagi “Voyaga yetmaganlar ishlari bilan shugʻullanuvchi komissiyalar”, “Voyaga yetmaganlar ishlari bilan shugʻullanuvchi tuman (shahar) komissiyalari” va “Voyaga yetmaganlarning ishlari bilan shugʻullanuvchi komissiyalar” degan soʻzlar tegishincha “Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyalar”, “Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha tuman (shahar) idoralararo komissiyalari” va “Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyalar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) 304-moddaning toʻrtinchi qismidagi “Voyaga yetmaganlar ishi bilan shugʻullanuvchi komissiyalar” degan soʻzlar “Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyalar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8) 315-moddaning birinchi qismidagi “Xoʻjalik sudining” degan soʻzlar “Iqtisodiy sudning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
9) 317-moddaning ikkinchi qismidagi “Xoʻjalik sudining” degan soʻzlar tegishincha “Iqtisodiy sudning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
24-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 30-avgustda qabul qilingan 115–I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan “Mehnat shuhrati” ordeni toʻgʻrisidagi nizomning (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 190-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda) 3-moddasidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudining Raisi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
26-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 163–I-sonli va 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan 256–I-sonli qonunlari bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova, № 11–12; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5–6, 102-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1–2, 23-modda, № 9–10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1–2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda, № 9, 494, 498-moddalar; 2007-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 4, 156, 164-moddalar, № 8, 367-modda, № 9, 416-modda, № 12, 598, 608-moddalar; 2008-yil, № 4, 192-modda, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2010-yil, № 9, 335, 337, 340-moddalar; 2011-yil, № 12/2, 363, 364, 365-moddalar; 2012-yil, № 4, 106, 109-moddalar, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar; 2016-yil, № 4, 125-modda; 2017-yil, № 4, 137-modda) 10-moddasining birinchi qismidagi “xoʻjalik sudi” degan soʻzlar “iqtisodiy sud” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
