“35-modda. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jamgʻarmasi
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida (O‘RQ-446-son) · Sana: 14.09.2017 · Amalda
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, shu jumladan chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish, bioresurslarni saqlash va qayta tiklash, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va uning monitoringi sohasida ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib borish, targʻibot va maʼrifiy ishlarni tashkil etish, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bilan bogʻliq tadbirlarni moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jamgʻarmasi tashkil etiladi.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jamgʻarmasini shakllantirish hamda undan foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;
10) 37-modda beshinchi xatboshisidagi “tabiatni muhofaza qilish jamgʻarmalari” degan soʻzlar “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jamgʻarmasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
11) 38-moddadagi “mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruv idoralariga, davlat tabiatni muhofaza qilish idoralariga” degan soʻzlar “mahalliy davlat hokimiyati organlariga, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
12) 40-moddaning:
birinchi qismidagi “Tabiatni muhofaza qilish” degan soʻzlar “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “Tabiatni muhofaza qilish” degan soʻzlar “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
13) 48-moddaning ikkinchi qismidagi “oʻz huquq doirasiga muvofiq tabiatni muhofaza qilish idoralari” degan soʻzlar “oʻz vakolatlariga muvofiq ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
14) 50-moddaning:
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
