“4051-modda. Ayblov dalolatnomasi bilan kelgan jinoyat ishini sudda muhokama qilish muddatlari
Surishtiruv instituti takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-442-son) · Sana: 06.09.2017 · Amalda
Ayblov dalolatnomasi bilan kelgan jinoyat ishini sudda muhokama qilish muddati ishni muhokama qilish boshlangan kundan eʼtiboran bir oydan oshmasligi kerak.
Jinoyat ishini koʻrish toʻxtatib turilgan vaqt ishni muhokama qilish muddatiga kirmaydi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan muddat birinchi instansiya sudining ajrimiga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha sudining, jinoyat ishlari boʻyicha viloyat, Toshkent shahar sudlarining, Oʻzbekiston Respublikasi harbiy sudining raisi tomonidan ikki oygacha uzaytirilishi mumkin”;
105) 415-moddaning ikkinchi qismi “Sud” degan soʻzdan keyin “surishtiruvda” degan soʻz bilan toʻldirilsin;
106) 4151-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
