“384-modda. Ayblov xulosasi yoki ayblov dalolatnomasi bilan kelgan jinoyat ishi yuzasidan prokuror hal etishi lozim boʻlgan masalalar
Surishtiruv instituti takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-442-son) · Sana: 06.09.2017 · Amalda
Prokuror yoki uning oʻrinbosari tergovchidan ayblov xulosasi yoki surishtiruvchidan ayblov dalolatnomasi bilan kelgan jinoyat ishini oʻrganib chiqishi va:
1) ayblanuvchi zimmasiga qoʻyilayotgan qilmish sodir etilgan yoki etilmaganligini va bu qilmishda jinoyat tarkibi bor-yoʻqligini;
2) qoʻyilgan ayb ishdagi mavjud dalillar bilan asoslantirilgan-asoslantirilmaganligini;
3) ayblanuvchining isbotlangan barcha jinoiy qilmishlari ayblov mazmuniga kiritilgan-kiritilmaganligini;
4) jinoyati fosh qilingan barcha shaxslar ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan-qilinmaganligini;
5) ayblovni yoki ishni tugatishga sabab boʻladigan holatlar bor-yoʻqligini;
6) ayblanuvchining qilmishlariga toʻgʻri yoki notoʻgʻri tavsif berilganligini;
7) tergovga tegishlilik qoidalariga rioya qilinganligini;
8) ehtiyot chorasi toʻgʻri yoki notoʻgʻri tanlanganligini;
9) fuqaroviy daʼvoni va boshqa mulkiy undirishlarni taʼminlash choralari koʻrilgan-koʻrilmaganligini;
10) jinoyatning sabablari va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar aniqlangan-aniqlanmaganligini hamda ularga barham berish choralari koʻrilgan-koʻrilmaganligini;
11) tergov sinchkovlik bilan, har tomonlama, toʻla va xolisona oʻtkazilgan-oʻtkazilmaganligini, barcha vajlar tekshirilganligini va himoyaning iltimosnomalari koʻrib chiqilganligini;
12) ishni birlashtirishda yoki ajratishda ushbu Kodeksning 332-moddasi talablariga rioya etilgan-etilmaganligini;
13) ayblov xulosasi yoki ayblov dalolatnomasi ushbu Kodeksning 379, 380 va 38112-moddalarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq tuzilgan-tuzilmaganligini;
14) surishtiruvchi va tergovchi ushbu Kodeksning boshqa talablariga rioya qilgan-qilmaganligini tekshirishi shart”;
93) 385-moddaning:
nomi “ayblov xulosasi” degan soʻzlardan keyin “yoki ayblov dalolatnomasi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
