17-modda. Kengash qarorlari
Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi toʻgʻrisida (O‘RQ-427-son) · Sana: 06.04.2017 · Amalda
Kengash oʻz vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan qarorlar, xulosalar qabul qiladi va taqdimnomalar kiritadi.
Kengash majlisida quyidagi qarorlar qabul qilinishi mumkin:
nomzodning koʻrsatilgan sudyalik lavozimiga munosibligi yoki munosib emasligi haqida yoxud nomzodning takroriy tanlovda ishtirok etishi uchun ruxsat berish huquqini qoldirish toʻgʻrisida;
sudyalik lavozimiga tayinlash, oʻtkazish haqida;
sudyalarni ragʻbatlantirish tashabbusi bilan chiqish haqida;
sudyaga nisbatan intizomiy taʼsir choralarini qoʻllash toʻgʻrisida;
sudyani jinoiy javobgarlikka tortish uchun xulosa berish haqida;
sudyaning vakolatlarini toʻxtatib turish yoki muddatidan ilgari tugatish toʻgʻrisida.
Kengash oʻz vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan boshqa qarorlar ham qabul qilishi mumkin.
Kengashning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilinadigan qarorlari davlat organlari va boshqa tashkilotlar uchun majburiydir.
