1662-modda. Sud ajrimi — Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-421-son)
1662-modda. Sud ajrimi
Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-421-son) · Sana: 29.03.2017 · Amalda
Sudya pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqib, pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash toʻgʻrisida yoki pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlashni rad etish haqida ajrim chiqaradi.
Sudyaning pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlashni rad etish haqidagi ajrimi asoslantirilgan boʻlishi kerak.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan sud ajrimi oʻqib eshittirilgan paytdan eʼtiboran kuchga kiradi. Pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash toʻgʻrisidagi ajrim tegishli aloqa muassasasining boshligʻiga yuboriladi va uni bajarish mazkur boshliq uchun majburiydir. Bu ajrimni bajarmaganlik yoki uning mazmunini oshkor etganlik qonunda belgilangan javobgarlikka sabab boʻladi.
Aloqa muassasasining boshligʻi sud ajrimida koʻrsatilgan xat-xabarlar va boshqa joʻnatmalarni ushlab turadi hamda bu haqda prokurorga, tergovchiga, surishtiruvchiga yoki sudga darhol maʼlum qiladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan sud ajrimi ustidan mazkur ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran yetmish ikki soat ichida gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, uning himoyachisi va qonuniy vakili tomonidan apellatsiya tartibida shikoyat berilishi yoxud prokuror tomonidan protest bildirilishi mumkin. Apellatsiya shikoyati, protest ajrimni chiqargan sud orqali beriladi, mazkur sud ularni qirq sakkiz soat ichida materiallar bilan birga apellatsiya instansiyasi sudiga yuborishi shart. Shikoyat yoki protest berilishi sudning pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash toʻgʻrisidagi ajrimi ijrosini toʻxtatib turmaydi. Apellatsiya instansiyasi sudi ushbu materiallarni shikoyat yoki protest bilan birga ular kelib tushgan paytdan eʼtiboran yetmish ikki soatdan kechiktirmay koʻrib chiqishi kerak.
Apellatsiya instansiyasi sudi apellatsiya shikoyatini, protestini koʻrib chiqib, oʻz ajrimi bilan:
sudyaning ajrimini oʻzgarishsiz, shikoyatni yoki protestni esa qanoatlantirmay qoldirishga;
sudyaning ajrimini bekor qilishga va pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlab qoʻyishga yoki pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlashni rad etishga haqli.
Pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash rad etilgan taqdirda, aynan oʻsha gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga nisbatan mazkur masala boʻyicha takroran sudga murojaat qilishga pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlashni taqozo etadigan yangi holatlar yuzaga kelganda yoʻl qoʻyiladi”;
11) 168-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash qaror chiqargan sudni albatta xabardor etgan holda, surishtiruvchi, tergovchi tomonidan prokurorning roziligi bilan yoki bu chorani qoʻllashga zarurat qolmasa, sud tomonidan bekor qilinadi. Dastlabki tergov davomida ish tugatilganda, birinchi instansiya sudida esa, ishni tugatish haqida ajrim chiqarilganda yoxud hukm qonuniy kuchga kirgach, xatlab qoʻyish chorasi bekor qilinishi lozim.
Pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash chorasining bekor qilinganligi aynan bir shaxsga nisbatan pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlab qoʻyish toʻgʻrisidagi iltimosnoma bilan sudga takroran murojaat etishga monelik qilmaydi”;
12) 226-moddaning birinchi qismidagi “yetmish ikki” degan soʻzlar “qirq sakkiz” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
13) 242-modda ikkinchi qismining oltinchi xatboshisidagi “qamoq yoki” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
14) 243-modda:
toʻrtinchi va oltinchi qismlaridagi “oʻn ikki soat” degan soʻzlar “sakkiz soat” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oʻninchi qismi quyidagi mazmundagi 21 va 22-bandlar bilan toʻldirilsin:
“21) qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllashni rad qilish va uy qamogʻi yoki garov tarzidagi ehtiyot chorasini tanlash toʻgʻrisida;
22) uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllashni rad qilish va garov tarzidagi ehtiyot chorasini tanlash toʻgʻrisida”;
quyidagi mazmundagi oʻn birinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash rad qilingan va garov tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan taqdirda,gumon qilinuvchini yoki ayblanuvchini ushlab turish muddati garov kiritish imkonini berish uchun sud tomonidan koʻpi bilan qirq sakkiz soatgacha boʻlgan muddatga uzaytiriladi, koʻrsatilgan muddatda garov kiritilmagan taqdirda qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash haqidagi iltimosnoma qanoatlantirilgan hisoblanadi”;
oʻn birinchi, oʻn ikkinchi va oʻn uchinchi qismlari tegishincha oʻn ikkinchi, oʻn uchinchi va oʻn toʻrtinchi qismlar deb hisoblansin;
15) 245-moddaning ikkinchi — oltinchi qismlari quyidagi mazmundagi ikkinchi — yettinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Qamoqda saqlab turishning yoki uy qamogʻining qonun normalarida belgilangan uch oylik muddatini:
besh oygacha uzaytirish imkoni — Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori yoki viloyat, Toshkent shahar prokurori va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning iltimosnomasiga binoan;
yetti oygacha uzaytirish imkoni — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosarlarining iltimosnomasiga binoan sud tomonidan koʻrib chiqiladi.
Muddatni yanada uzaytirishga yoʻl qoʻyilmaydi. Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan iltimosnomalarni koʻrib chiqishda sud taqdim etilgan materiallarning asosliligini, shuningdek protsessual normalar va talablarga rioya etilganligini inobatga oladi.
Qamoqda saqlab turish muddatiga ushbu Kodeksning 599-moddasiga muvofiq shaxsni Oʻzbekiston Respublikasiga ushlab berish toʻgʻrisidagi soʻrovga koʻra uning xorijiy davlat hududida qamoqda saqlangan vaqti qoʻshib hisoblanadi.
Agar Oʻzbekiston Respublikasiga xorijiy davlat tomonidan ushlab berilgan shaxsni ushbu modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisida belgilangan qamoqda saqlab turishning oxirgi muddati tugagan boʻlsa va ishning holatlariga koʻra qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini oʻzgartirish mumkin boʻlmasa, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosarlarining iltimosnomasiga binoan sud ushbu Kodeksning 247-moddasida nazarda tutilgan talablarga rioya etgan holda, qamoqda saqlab turishning qoʻshimcha muddatini belgilashga haqli, ammo ushbu muddat shaxs Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha saqlash hibsxonasiga yoxud tergov hibsxonasiga joylashtirilgan paytdan eʼtiboran uch oydan ortiq boʻlmasligi kerak.
Tergovi tamomlangan jinoyat ishining materiallari ayblanuvchiga va uning himoyachisiga tanishib chiqish uchun ushbu modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisida yoxud ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan qamoqda saqlab turishning oxirgi muddati tugashidan kamida bir oy oldin taqdim etilgan boʻlishi lozim.
Ayblanuvchi va uning himoyachisi ishning materiallari bilan tanishib chiqishi uchun ketgan vaqt ehtiyot chorasi tariqasida qamoqda saqlab turish yoki uy qamogʻi muddatini hisoblab chiqishda inobatga olinmaydi”;
16) 246-modda chiqarib tashlansin;
17) 271-modda ikkinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“aloqa muassasalarining xodimlari — sudning pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash toʻgʻrisidagi ajrimini bajarmaganlik yoki yetarli darajada bajarmaganlik uchun”;
18) 351-moddaning:
beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlari quyidagi mazmundagi beshinchi –sakkizinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Dastlabki tergov muddatiga quyidagilar kirmaydi:
1) ayblanuvchi, himoyachi, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari ish materiallari bilan tanishib chiqqan vaqt;
2) dastlabki tergov toʻxtatib turilgan vaqt;
3) qoʻshimcha tergov oʻtkazish uchun prokuror tomonidan qaytarilgan ish tergovchiga kelib tushgunga qadar oʻtgan vaqt.
Ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan dastlabki tergov muddati tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori yoki viloyat, Toshkent shahar prokurori va unga tenglashtirilgan prokuror tomonidan besh oygacha uzaytirilishi mumkin.
Keyinchalik dastlabki tergov muddati faqat Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosarlari tomonidan yetti oygacha uzaytirilishi mumkin.
Ish qoʻshimcha tergov oʻtkazish uchun qaytarib yuborilganda, shuningdek toʻxtatilgan yoki tugatilgan ish qayta tiklanganda qoʻshimcha tergov muddati mazkur ishni tergovchi qabul qilgan paytdan eʼtiboran bir oy doirasida belgilanadi. Bu muddatni yanada uzaytirish ish prokurorga berilgunga, toʻxtatib turilgunga yoki tugatilgunga qadar oʻtgan tergov muddati hisobga olingan holda umumiy asoslarda amalga oshiriladi”;
sakkizinchi qismi toʻqqizinchi qism deb hisoblansin;
19) 382-moddaning uchinchi qismi:
quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“murdani eksgumatsiya qilish toʻgʻrisida, pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash toʻgʻrisida sudga iltimosnoma kiritadi yoki iltimosnomaga rozilik beradi”;
sakkizinchi — oʻn beshinchi xatboshilari tegishincha toʻqqizinchi –oʻn oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
oʻn birinchi xatboshisidagi “pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash va ularni olib qoʻyishga” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
20) 384-modda quyidagi mazmundagi 101-band bilan toʻldirilsin:
“101) ishni birlashtirishda yoki ajratishda ushbu Kodeksning 332-moddasi talablariga rioya etilgan-etilmaganligini”;
21) 389-modda:
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Agar bir sudda koʻrib chiqilayotgan jinoyat ishi boʻyicha sud muhokamasi paytida sudlanuvchi tomonidan boshqa sud sudloviga tegishli jinoyat sodir etilganligini koʻrsatuvchi holatlar aniqlansa, ishni koʻrib chiqish sud muhokamasini boshlagan sud tomonidan davom ettiriladi”;
uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlari tegishincha toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi qismlar deb hisoblansin;
22) 395-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi 4-band bilan toʻldirilsin:
“4) dastlabki tergovning texnik yoʻsindagi kamchiliklarini bartaraf etish uchun ishni ayblov xulosasini tasdiqlagan prokurorga yuborish toʻgʻrisida”;
23) 396-modda quyidagi mazmundagi 41-band bilan toʻldirilsin:
“41) ishni birlashtirishda yoki ajratishda ushbu Kodeksning 332-moddasi talablariga rioya etilganmi”;
24) quyidagi mazmundagi 4011-modda bilan toʻldirilsin:
O'qish oynasida ochishRangli belgilar, qaydlar, qidiruv va tanlangan matn bo'yicha test bilan.
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 1662-modda. Sud ajrimi Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-421-son). neolex.uz/uz/laws/law-3146369/1662 (lex.uz/docs/-3146366)