40-modda. Chegara qoʻshinlarining majburiyatlari
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi toʻgʻrisida (820-I-son) · Sana: 20.08.1999 · Amalda
Davlat chegarasini himoya qilish va qoʻriqlash chogʻida chegara qoʻshinlari quyidagilarga majbur:
Davlat chegarasi chizigʻining joylarda huquqqa xilof tarzda oʻzgartirilishiga yoʻl qoʻymaslikka;
Davlat chegarasida harbiy va boshqa fitnalarning oldini olishga;
Davlat chegarasini noqonuniy ravishda kesib oʻtilishiga yoʻl qoʻymaslik, Davlat chegarasini buzuvchilarni aniqlash va ushlashga;
Davlat chegarasi rejimiga, chegara oldi rejimiga va Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlaridagi rejimga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirishga;
shaxslar, transport vositalari, tovarlar, boshqa mol-mulk va hayvonlarning Davlat chegarasi orqali belgilangan tartibda oʻtkazilishini amalga oshirishga;
Davlat chegarasi orqali olib oʻtilayotgan kontrabanda narsalarini hamda boshqa noqonuniy ravishda olib oʻtilayotgan tovarlar, boshqa mol-mulk va hayvonlarni, shuningdek transport vositalarini aniqlash va belgilangan tartibda ushlab qolishga;
Davlat chegarasi rejimini buzish bilan bogʻliq huquqbuzarliklarning oldini olishga.
Chegara qoʻshinlari qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarga ham ega.
