41-modda. Havo hujumiga qarshi mudofaa qoʻshinlarining havo boʻshligʻida Davlat chegarasini himoya qilish va qoʻriqlash boʻyicha huquqlari
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi toʻgʻrisida (820-I-son) · Sana: 20.08.1999 · Amalda
Havo hujumiga qarshi mudofaa qoʻshinlari havo boʻshligʻida Davlat chegarasini himoya qilish va qoʻriqlash paytida quyidagi huquqlarga ega:
Davlat chegarasini noqonuniy kesib oʻtish tahdidi paydo boʻlgan yoki noqonuniy kesib oʻtilgan paytda Oʻzbekiston Respublikasi havo boʻshligʻidagi havo kemalari va boshqa uchish apparatlarini aniqlash uchun oʻzlarida mavjud vositalardan foydalanish;
vaziyatni aniqlash hamda havo boʻshligʻida Davlat chegarasi noqonuniy kesib oʻtilishining oldini olish yoki bartaraf etish chorasini koʻrish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari boshqa turlari, davlat organlari kuchlari va vositalarini belgilangan tartibda jalb etish;
Davlat chegarasini havo boʻshligʻida noqonuniy kesib oʻtish tahdidi paydo boʻlgan yoki noqonuniy kesib oʻtilganda yoxud parvozlar xavfsizligini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi havo boʻshligʻining ayrim rayonlarida havo kemalari va boshqa uchish apparatlari parvozini man etish yoki cheklash;
Oʻzbekiston Respublikasi havo boʻshligʻida Davlat chegarasi noqonuniy kesib oʻtilishi holatlarini aniqlashda ishtirok etish.
