6-modda. Gʻirrom raqobatni taqiqlash
Monopolistik faoliyatni cheklash toʻgʻrisida (623-XII-son) · Sana: 02.07.1992 · Amalda
Gʻirrom raqobatga, shu jumladan:
xoʻjalik yurituvchi boshqa subyektning mol-mulki va tadbirkorlik nufuziga ziyon yetkazishi mumkin boʻlgan yolgʻon, noaniq yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar tarqatishga;
tovar belgisidan, tovarning firma nomidan yoki markasidan oʻzboshimchalik bilan foydalanish, shuningdek xoʻjalik yurituvchi boshqa subyekt tovalarining shaklini, idishini, tashqi bezagini aynan koʻchirib olishga;
ilmiy-texnikaviy, ishlab chiqarish, iqtisodiy, savdo va boshqa sohaga oid maxfiy axborotni egasining roziligisiz olish, undan foydalanish va uni oshkor qilishga;
tovarlarning xususiyati, ularni tayyorlash usuli va oʻrni, isteʼmol xossalari va sifati xususida isteʼmolchilarni chalgʻitishga;
xoʻjalik yurituvchi boshqa subyektlarning bozorga kirishini cheklovchi xatti-harakatlar qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
