18711-modda. Taftish oʻtkazuvchi shaxslarning huquqlari va majburiyatlari
Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini taʼminlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-418-son) · Sana: 29.12.2016 · Amalda
Taftish oʻtkazuvchi shaxslar oʻz vakolatlari doirasida quyidagilarga haqli:
tekshirilayotgan subyektning hududini va binolarini tekshirish, uning mol-mulkini inventarizatsiyadan oʻtkazish;
taftish oʻtkazish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni, axborotni va materiallarni talab qilib olish;
tekshirilayotgan subyektning rahbarlik vazifalarini yoki buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqaruv vazifalarini amalga oshiruvchi shaxslaridan, moddiy javobgar xodimlaridan hamda boshqa xodimlaridan tushuntirishlar olish;
qonun hujjatlarining aniqlangan buzilishlari bartaraf etilishini talab qilish;
obyektiv asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, taftish oʻtkazish muddatini uzaytirish toʻgʻrisida tergovchiga, prokurorga yoki sudga iltimosnoma kiritish;
ushbu Kodeksda va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan oʻzga harakatlarni bajarish.
Taftish oʻtkazuvchi shaxslarning qonuniy talablari tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxslari va vakillari tomonidan ijro etilishi shart.
Taftish oʻtkazuvchi shaxslar oʻz vakolatlari doirasida:
xizmat guvohnomasini, shuningdek taftishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi maxsus guvohnomani taqdim etishi;
taftishni tayinlash toʻgʻrisidagi qarorning yoki ajrimning va vakolatli organning taftish oʻtkazish haqidagi buyrugʻining koʻchirma nusxalarini tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsiga yoki vakiliga imzo qoʻydirib topshirishi;
tekshirilayotgan subyektlar faoliyatining amalga oshirilishiga toʻsiqlarni yuzaga keltirmasligi va faoliyatining toʻxtatib qoʻyilishiga yoʻl qoʻymasligi, bundan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno;
davlat sirlarini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlarni oshkor etmasligi;
yuridik xizmat vakillarining va (yoki) jalb etilgan advokatlarning taftishning istalgan bosqichida ishtirok etishga boʻlgan huquqi toʻgʻrisida hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlar haqida tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsini yoki vakilini xabardor qilishi;
tekshiruvlarni roʻyxatdan oʻtkazish kitobini qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda toʻldirishi;
taftish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomani rasmiylashtirishi, uning bir nusxasini tekshirilayotgan subyektda taftish tugallangan kuni qoldirishi;
huquqbuzarlik faktlari aniqlangan taqdirda, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan taʼsir choralarini koʻrishi shart”;
4) 201-moddaning:
nomi va birinchi qismi “tergovchi” degan soʻzdan keyin “prokuror” degan soʻz bilan toʻldirilsin;
ikkinchi qismidagi “yoki sudning talabiga koʻra oʻz vakolatlari doirasida hujjatli taftish yoki boshqa xizmat tekshiruvini oʻtkazishlari va taftish yoki tekshiruv dalolatnomasini” degan soʻzlar “prokuror yoki sudning talabiga koʻra oʻz vakolatlari doirasida taftish yoki boshqa xizmat tekshiruvi oʻtkazishlari va taftish yoki tekshiruv natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomani” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud taftish yoki tekshiruv natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomada yoxud boshqa hujjatda belgilangan qoidalardan chekinishlar, nuqsonlar, ziddiyatlar va boshqa kamchiliklarni aniqlagan taqdirda, hujjatdagi qayd etilgan xatolar bartaraf etilishini talab qilishga haqli”;
5) 329-moddaning:
ikkinchi qismi “ekspertiza oʻtkazish” degan soʻzlardan keyin “taftish tayinlash” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
uchinchi qismi:
1-bandidagi “hujjatli” degan soʻz chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi 4-band bilan toʻldirilsin:
“4) yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini ixtiyoriy ravishda qoplash va (yoki) jinoyat oqibatlarini bartaraf etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi Maxsus qismining tegishli moddasida belgilangan muddat oʻtmagan boʻlsa”.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5–6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4–5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5–6, 153-modda, № 7–8, 217-modda; 2001-yil, № 1–2, 23-modda, № 9–10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9–10, 149-modda; 2004-yil, № 1–2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda) quyidagi qoʻshimchalar va oʻzgartish kiritilsin:
1) 165-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Faoliyat bilan litsenziyasiz shugʻullanish maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan boʻlsa, –
fuqarolarga eng kam ish haqining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
2) 176-moddaning toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Birinchi marta huquqbuzarlik sodir etgan shaxs, agar u huquqbuzarlik aniqlangan paytdan eʼtiboran oʻttiz kun ichida soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar tarzida davlatga yetkazilgan zararning oʻrnini ixtiyoriy ravishda qoplagan, tadbirkorlik subyektining roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlagan va zarur boʻlgan ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirgan boʻlsa, huquqbuzarlik narsalarini musodara qilmasdan javobgarlikdan ozod etiladi”;
3) 271-modda quyidagi mazmundagi 11-band bilan toʻldirilsin:
“11) agar ushbu Kodeks 164-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 165-moddasining birinchi qismida, 166-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 167-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 168-moddasida, 171-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 172, 173-moddalarida, 174-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1741-moddasining birinchi — sakkizinchi qismlarida, 175-moddasining birinchi va oltinchi qismlarida, 1751-moddasining birinchi qismida, 1753, 1754-moddalarida, 1755-moddasining birinchi qismida, 1761 — 1764, 177-moddalarida, 178-moddasining birinchi, uchinchi — sakkizinchi qismlarida, 1781-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1792-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1794-moddasining birinchi qismida, 1795-moddasida, 215-moddasining birinchi qismida, 2151-moddasining birinchi qismida, 2278-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 22714-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 22715-moddasining birinchi qismida, 22716-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 22718-moddasining birinchi qismida, 22719-moddasining birinchi qismida, 22721-moddasida, 22722-moddasining birinchi qismida, 22723-moddasida, 22724, 22725 va 22726-moddalarida, 22727-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni birinchi marta sodir etgan tadbirkorlik subyektining mansabdor shaxslari yoki xodimlari yoxud tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi fuqarolar huquqbuzarlik aniqlangan paytdan eʼtiboran oʻttiz kunlik muddatda yoʻl qoʻyilgan buzilishlarni ixtiyoriy ravishda bartaraf etgan va (yoki) yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini qoplagan boʻlsa, bundan fuqarolarning hayoti va (yoki) sogʻligʻiga zarar yetkazilgan hollar mustasno”;
4) 305-modda quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Ushbu Kodeks 271-moddasining 11-bandida nazarda tutilgan holatlar mavjud boʻlgan taqdirda, maʼmuriy huquqbuzarlik haqidagi ish maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma va ishning boshqa materiallari ishni koʻrib chiqishga vakolatli organ (mansabdor shaxs) tomonidan olingan kundan eʼtiboran oʻttiz kunlik muddatda koʻrib chiqiladi”.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi 474–I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 232-modda; 1998-yil, № 5–6, 102-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 7–8, 217-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda, № 9–10, 182-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 5, 152-modda, № 9, 312-modda, № 12, 415-modda; 2006-yil, № 10, 536-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 12, 474-modda; 2010-yil, № 9, 336-modda; 2012-yil, № 4, 105-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda) 5-moddasi birinchi qismining 1-bandidagi “(shu jumladan, soliq toʻlovchi bilan bogʻliq boʻlgan subyektlardagi muqobil tekshiruvlarda)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi 602–I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 26-avgustda qabul qilingan 662–II-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 9, 162-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 3, 119-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 12, 472-modda; 2011-yil, № 9, 248-modda; 2012-yil, № 9/1, 238-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda) 30-moddasi quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Ushbu moddada koʻrsatilgan fermer xoʻjaliklarining moliya-xoʻjalik faoliyati soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar moliya yili mobaynida muntazam ravishda toʻlanmagan taqdirda, rejali tekshirishlardan oʻtkazilishi mumkin”.
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 24-dekabrda qabul qilingan “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida”gi 717–I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 8-modda; 2000-yil, № 5–6, 153-modda; 2001-yil, № 1–2, 23-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 3, 119-modda; 2007-yil, № 12, 598-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2010-yil, № 9, 336-modda, № 12, 474-modda; 2011-yil, № 9, 248-modda; 2012-yil, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 2-modda:
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Tergovga qadar tekshirishlar chogʻida va qoʻzgʻatilgan jinoyat ishlari boʻyicha moliya-xoʻjalik faoliyati tekshiruvlarini oʻtkazish tartibi jinoyat-protsessual qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi”;
uchinchi va toʻrtinchi qismlari tegishincha toʻrtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin;
2) 3-moddaning oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“qisqa muddatli tekshirish — nazorat qiluvchi organlar jismoniy va yuridik shaxslarning qonun hujjatlari buzilganligi faktlari toʻgʻrisidagi murojaatlari asosida amalga oshiradigan tekshirish”;
3) 4-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “muqobil tekshirish” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
4) 8-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisidagi “maxsus vakolatli organ bilan kelishmay” degan soʻzlar “maxsus vakolatli organning qarorisiz” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 9-moddaning beshinchi va oltinchi qismlari chiqarib tashlansin;
6) 101-modda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Xususiy banklar va boshqa xususiy moliya institutlarining moliya-xoʻjalik faoliyatini rejali tekshirishlar koʻpi bilan besh yilda bir marta amalga oshiriladi”;
ikkinchi va uchinchi qismlari tegishincha uchinchi va toʻrtinchi qismlar deb hisoblansin;
uchinchi qismidagi “uchinchi” degan soʻz “toʻrtinchi” degan soʻz bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Ushbu moddada koʻrsatilgan tadbirkorlik subyektlarining moliya-xoʻjalik faoliyati soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar moliya yili mobaynida muntazam ravishda toʻlanmagan taqdirda, rejali tekshirishlardan oʻtkazilishi mumkin”;
7) 12-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
