“12-modda. Qisqa muddatli tekshirishlar
Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini taʼminlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-418-son) · Sana: 29.12.2016 · Amalda
Qisqa muddatli tekshirishlar jismoniy va yuridik shaxslarning qonun hujjatlari buzilganligi faktlari toʻgʻrisidagi murojaatlari asosida maxsus vakolatli organning qaroriga koʻra rejadan tashqari tekshirish tarzida nazorat qiluvchi organlar tomonidan amalga oshiriladi.
Maxsus vakolatli organning tekshirilayotgan obyektning nomi, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami, tekshirish oʻtkazishning maqsadi, muddatlari hamda uni oʻtkazish sabablarining asosliligi koʻrsatilgan qisqa muddatli tekshirish oʻtkazishga doir qarorlari, shuningdek tekshirishni amalga oshiruvchi tegishli nazorat qiluvchi organning maxsus vakolatli organning qarori asosida chiqarilgan, mansabdor shaxslarning tarkibi va tekshirishni oʻtkazish muddatlari koʻrsatilgan buyrugʻi xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini qisqa muddatli tekshirishdan oʻtkazish uchun asos boʻlib xizmat qiladi”;
8) 141-modda chiqarib tashlansin;
9) 16-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “yoki uning hududiy boʻlinmalari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 25-mayda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi 69–II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 2-mayda qabul qilingan OʻRQ–328-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-yil, № 5, 133-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 8, 312-modda, № 12, 452-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 39-modda:
quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Ushbu moddaning birinchi — toʻrtinchi qismlarida koʻrsatilgan tadbirkorlik subyektlarining moliya-xoʻjalik faoliyati soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar moliya yili mobaynida muntazam ravishda toʻlanmagan taqdirda, rejali tekshirishlardan oʻtkazilishi mumkin”;
