18710-modda. Tekshirilayotgan subyekt mansabdor shaxslarining yoki vakillarining huquqlari va majburiyatlari
Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini taʼminlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-418-son) · Sana: 29.12.2016 · Amalda
Tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxslari yoki vakillari quyidagilarga haqli:
tekshiruvchi shaxslardan taftish oʻtkazish uchun asos boʻlgan hujjatlarni talab qilish, xizmat guvohnomasi, shuningdek taftishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi maxsus guvohnoma bilan tanishish;
oʻz faoliyati taftishdan oʻtkazilishi toʻgʻrisida tegishli axborotga ega boʻlish, taftish oʻtkazuvchi shaxslar tomonidan tadbirlar oʻtkazilishi chogʻida tushuntirishlar berish va ularda hozir boʻlish;
taftish oʻtkazuvchi shaxslarning oʻz vakolatiga kirmaydigan masalalarga doir talablarini bajarmaslik va ushbu shaxslarni taftish mavzuiga taalluqli boʻlmagan hujjatlar, axborot va materiallar bilan tanishtirmaslik;
xizmat guvohnomasini, taftishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi maxsus guvohnomani, taftishni tayinlash haqidagi qarorning yoki ajrimning, vakolatli organning taftish oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyrugʻining koʻchirma nusxalarini taqdim etmagan shaxslarni taftish oʻtkazish uchun hududga va binolarga kiritmaslik, shuningdek taftish muddatlari boshlanmagan yoki oʻtib ketgan yoxud taftish oʻtkazuvchi shaxs tekshiruvlarni roʻyxatdan oʻtkazish kitobini toʻldirishni rad etgan taqdirda, hududga va binolarga kiritmaslik;
taftish tugallangan kunda taftish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomaning bir nusxasini taftish oʻtkazuvchi shaxslardan olish;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taftish natijalari ustidan shikoyat qilish, shu jumladan surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga qoʻshimcha yoki qayta taftish tayinlash toʻgʻrisida iltimosnoma kiritish yoʻli bilan shikoyat qilish.
Tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxslari yoki vakillari:
taftish oʻtkazuvchi shaxslarni taftish oʻtkazish uchun hududga va binolarga kiritishi;
