32-modda. Mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga javob bermaydigan, ishlab chiqarish uchun moʻljallangan mahsulotni ishlab chiqarganlik va sotganlik uchun javobgarlik
“Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-410-son) · Sana: 22.09.2016 · Amalda
Mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga javob bermaydigan, ishlab chiqarish uchun moʻljallangan mahsulotni ishlab chiqarganlik va yetkazib berganlik isteʼmolchilarga yetkazilgan zararning oʻrni qonunchilikda belgilangan tartibda qoplanishiga sabab boʻladi.
Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga muvofiq boʻlmagan ishlab chiqarish vositalarini, shaxsiy himoya vositalarini va jamoaviy himoya vositalarini, shu jumladan chet ellardan olingan shunday vositalarni sotish, tarqatish va reklama qilish taqiqlanadi hamda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab boʻladi.
