45-modda. Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish uchun ruxsatnoma berish tartibi
“Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-409-son) · Sana: 21.09.2016 · Amalda
Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish uchun ruxsatnoma:
davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan yerlardagi Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilmagan yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning barcha turlari boʻyicha, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining butun hududidagi Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning noyob va yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan turlari boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tomonidan;
davlat oʻrmon fondi yerlaridagi Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilmagan yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning barcha turlari boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi agentligi tomonidan;
yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni chorvachilik ehtiyojlari uchun tayyorlash va chorva mollarni oʻtlatish uchun — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari tomonidan beriladi.
Yogʻoch olish va mevalar yetishtirish uchun maxsus ekilgan, yuridik yoki jismoniy shaxsning mulki boʻlgan daraxtlar va butalarni (teraklar va boshqa tez oʻsadigan turlar, tutzorlar, mevali daraxtlar va butalar) kesish uchun ruxsatnoma talab qilinmaydi.
