46-modda. Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanishni cheklash va taqiqlash
“Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-409-son) · Sana: 21.09.2016 · Amalda
Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning ayrim turlarini muhofaza qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi bu oʻsimlik turlaridan foydalanishga yoki foydalanishning ayrim turlariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xulosalarini inobatga olgan holda cheklovlar yoki taqiqlar belgilashi mumkin.
Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish manfaatlarini koʻzlab, yer egalarining, yerdan foydalanuvchilarning, yer uchastkalari ijarachilari va mulkdorlarining, shuningdek oʻrmonlardan, suvdan foydalanuvchilarning, suv isteʼmolchilarining hamda yer qaʼridan foydalanuvchilarning huquqlari qonunchilikda belgilangan tartibda cheklanishi va ularning zimmasiga tegishli majburiyatlar yuklatilishi mumkin.
