44-modda. Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish normalari va normativlari
“Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-409-son) · Sana: 21.09.2016 · Amalda
Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish normalari va normativlari quyidagilardan iborat:
yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning texnik va dorivor xomashyosini,oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yigʻish va tayyorlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xulosasi inobatga olingan holda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tomonidan tasdiqlangan kvotalar;
tabiiy pichanzorlarda va yaylov joylarda pichan oʻrish hamda chorva mollarni oʻtlatishning xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan qonunchilikka muvofiq tasdiqlangan normalari;
davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan zaxira yerlarida pichan oʻrish va chorva mollarni oʻtlatish uchun ekologiya va iqlim oʻzgarishi sohasidagi maxsus vakolatli davlat organining hududiy boʻlinmalari tomonidan beriladigan ruxsatnoma.
Qonunchilikda oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanishning boshqa normalari va normativlari ham belgilanishi mumkin.
