43-modda. Botanika kolleksiyalarini yaratish va toʻldirib borish
“Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-409-son) · Sana: 21.09.2016 · Amalda
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan botanika kolleksiyalarini yaratish hamda toʻldirib borishga Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tomonidan beriladigan ruxsatnomalar boʻyicha yoʻl qoʻyiladi.
Ilmiy, madaniy-maʼrifiy, oʻquv-tarbiyaviy yoki estetik ahamiyatga molik botanika kolleksiyalari davlat hisobiga olinishi lozim. Botanika kolleksiyalarining davlat hisobiga qoʻyilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tomonidan beriladi.
Botanika kolleksiyalarini yaratuvchi hamda toʻldirib boruvchi yuridik va jismoniy shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tomonidan tasdiqlangan botanika kolleksiyalarini hisobga olish, toʻldirib borish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish qoidalariga rioya etishi shart.
