33-modda. Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish turlari
“Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-409-son) · Sana: 21.09.2016 · Amalda
Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish turlari quyidagilardan iborat:
yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni chorvachilik ehtiyojlari uchun tayyorlash;
chorva mollarni oʻtlatish;
oʻsimlik dunyosi obyektlaridan ovchilik va (yoki) baliq ovlash xoʻjaligi ehtiyojlari uchun foydalanish;
yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar texnik xomashyosini yigʻish va tayyorlash;
yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar dorivor xomashyosini yigʻish va tayyorlash;
yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni oziq-ovqat maqsadlari uchun yigʻish va tayyorlash;
daraxtlar va butalarni kesish;
oʻsimlik dunyosi obyektlaridan ilmiy va nazorat ishlarini oʻtkazish uchun foydalanish;
oʻsimlik dunyosi obyektlaridan madaniy-maʼrifiy, oʻquv-tarbiyaviy, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya va estetik maqsadlarda foydalanish;
oʻsimlik dunyosi obyektlaridan tabiatni muhofaza qilish maqsadlarida foydalanish;
yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar ayrim turlarining tarqalishini va sonini tartibga solish;
yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni boshqa joylarga koʻchirish va duragaylash;
botanika kolleksiyalarini yaratish va toʻldirib borish.
Qonunchilikda oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanishning boshqa turlari ham nazarda tutilishi mumkin.
