34-modda. Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni chorvachilik ehtiyojlari uchun tayyorlash va chorva mollarni oʻtlatish
“Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-409-son) · Sana: 21.09.2016 · Amalda
Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanuvchilar tomonidan yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni chorvachilik ehtiyojlari uchun tayyorlash va chorva mollarni oʻtlatish ushbu maqsadlar uchun ularga maxsus berib qoʻyilgan tabiiy pichanzor va yaylov joylarda amalga oshiriladi.
Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni chorvachilik ehtiyojlari uchun tayyorlashga va chorva mollarni oʻtlatishga:
davlat oʻrmon fondining tabiiy pichanzor va yaylov joylarida — oʻrmon biletlari boʻyicha;
yer egalarining, yerdan foydalanuvchilarning, ijarachilarning va yer uchastkalari mulkdorlarining yer uchastkalarida — ularning roziligi boʻyicha;
aholi punktlarining (shaharlarning, shaharchalarning va qishloq aholi punktlarining) yerlarida va zaxiradagi yerlarda — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalarining qarorlari asosida yoʻl qoʻyiladi.
