22-modda. Oʻsimlik dunyosi obyektlarini olib kirish va olib chiqish
“Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-409-son) · Sana: 21.09.2016 · Amalda
Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni, shuningdek ularning qismlarini, yashash faoliyati mahsulotlarini va botanika kolleksiyalarini Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi beradigan ruxsatnomalar asosida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasiga gʻayriqonuniy ravishda olib kirishga yoki Oʻzbekiston Respublikasidan gʻayriqonuniy ravishda olib chiqishga urinish chogʻida ushlab qolingan yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar, shuningdek ularning qismlari, yashash faoliyati mahsulotlari va botanika kolleksiyalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda olib qoʻyilishi lozim.
