19-modda. Dendrologiya bogʻlari
“Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-409-son) · Sana: 21.09.2016 · Amalda
Sunʼiy yaratilgan sharoitlarda oʻsimliklarning xilma-xil turlarini saqlab qolish hamda ularni oʻrganish, ulardan madaniy-maʼrifiy, oʻquv-tarbiyaviy,rekreatsiya va estetik maqsadlarda foydalanish boʻyicha ilmiy faoliyat yuritish uchun dendrologiya bogʻlari tashkil etilishi mumkin.
Dendrologiya bogʻlari tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining qarori bilan tashkil etiladigan umumdavlat ahamiyatiga molik dendrologiya bogʻlari va mahalliy ahamiyatga molik dendrologiya bogʻlariga boʻlinadi.
Dendrologiya bogʻlari hududida ushbu bogʻlarni tashkil etish maqsadlariga muvofiq boʻlmagan va oʻsimlik dunyosining saqlanib qolishiga tahdid soluvchi faoliyat taqiqlanadi.
