15-modda. Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilishga doir chora-tadbirlar
“Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-409-son) · Sana: 21.09.2016 · Amalda
Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish:
oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi qoidalarni, oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish normalari va normativlarini belgilash;
oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanishda cheklovlar va taqiqlar belgilash;
oʻsimlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish huquqini toʻxtatib turish, tugatish, bekor qilish;
oʻsimlik dunyosi obyektlaridan oʻzboshimchalik bilan foydalanishning va ulardan foydalanish borasida belgilangan tartibning boshqa buzilishlarining oldini olish;
oʻsimlik dunyosi oʻsadigan muhitning muhofaza qilinishini tashkil etish;
kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar turlarini Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritish;
xoʻjalik faoliyatini va boshqa faoliyatni amalga oshirish chogʻida oʻsimlik dunyosiga zararli taʼsir koʻrsatilishining yoki uning yoʻq qilib yuborilishining oldini olish;
muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish va rivojlantirish;
botanika bogʻlarini va dendrologiya bogʻlarini tashkil etish;
yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni sunʼiy yaratilgan sharoitlarda yetishtirish;
oʻsimlik dunyosini himoya qilish, karantindagi va boshqa xavfli zararkunandalarni, oʻsimliklar kasalliklarini va begona oʻtlarni oʻz vaqtida aniqlash hamda yoʻq qilish boʻyicha karantin tadbirlarini oʻtkazish;
oʻsimlik dunyosi obyektlarini davlat hisobiga olish va ulardan foydalanish hajmlarini hisobga olish;
oʻsimlik dunyosi obyektlarining davlat kadastrini yuritish hamda oʻsimlik dunyosi monitoringini amalga oshirish;
oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida nazoratni amalga oshirish;
oʻsimlik dunyosi obyektlarini Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqishni tartibga solish;
oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish hamda oʻtkazish;
oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish;
