47-modda. Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanishni cheklash va taqiqlash
“Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-408-son) · Sana: 19.09.2016 · Amalda
Yovvoyi hayvonlarning ayrim turlarini muhofaza qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi bu hayvonlar turlaridan foydalanishga yoki foydalanishning ayrim turlariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xulosalarini inobatga olgan holda cheklovlar yoxud taqiqlar belgilashi mumkin.
Hayvonot dunyosini muhofaza qilish manfaatlarini koʻzlab yer egalarining, yerdan foydalanuvchilarning, yer uchastkalari ijarachilari va mulkdorlarining, shuningdek oʻrmonlardan, suvdan foydalanuvchilarning, suv isteʼmolchilarining hamda yer qaʼridan foydalanuvchilarning huquqlari qonunchilikda belgilangan tartibda cheklanishi va ularning zimmasiga tegishli majburiyatlar yuklatilishi mumkin.
