46-modda. Zoologiya kolleksiyalari
“Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-408-son) · Sana: 19.09.2016 · Amalda
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan zoologiya kolleksiyalarini yovvoyi hayvonlarni tabiiy muhitdan ajratib olish yoʻli bilan yaratish hamda toʻldirib borishga faqat Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tomonidan beriladigan ruxsatnomalar boʻyicha yoʻl qoʻyiladi.
Zoologiya kolleksiyalarini yaratish, toʻldirib borish, asrash, ulardan foydalanish va ularni davlat hisobiga olish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Zoologiya kolleksiyalarining davlat hisobi olib borilishi shart. Zoologiya kolleksiyalarining davlat hisobiga olinganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tomonidan beriladi.
