14-modda. Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining hamda fuqarolarning hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanishni taʼminlashda ishtirok etishi
“Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-408-son) · Sana: 19.09.2016 · Amalda
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolar:
hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy va boshqa dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etadi;
hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi.
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolar qonunchilikka muvofiq hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanishni taʼminlash boʻyicha boshqa tadbirlarda ham ishtirok etishi mumkin.
