15-modda. Hayvonot dunyosini muhofaza qilishga doir chora-tadbirlar
“Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-408-son) · Sana: 19.09.2016 · Amalda
Hayvonot dunyosini muhofaza qilish:
hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi qoidalar, normalar va normativlarni belgilash;
hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanishda cheklovlar va taqiqlar belgilash;
hayvonot dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish huquqini toʻxtatib turish, tugatish, bekor qilish;
hayvonot dunyosi obyektlaridan oʻzboshimchalik bilan foydalanishning va ulardan foydalanish borasida belgilangan tartibni boshqacha buzishlarning oldini olish;
yovvoyi hayvonlarning yashash muhiti, urchish joylari va koʻchib oʻtish yoʻllari muhofaza qilinishini tashkil etish;
kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi hayvonlar turlarini Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritish;
xoʻjalik faoliyatini va boshqa faoliyatni amalga oshirish, transport vositalaridan foydalanish chogʻida yovvoyi hayvonlar nobud boʻlishining oldini olish;
muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish va rivojlantirish;
kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi hayvonlar turlarini tutqunlikda koʻpaytirish;
yovvoyi hayvonlar kasallikka chalinganda, ularning tabiiy ofatlar va boshqa sabablar oqibatida nobud boʻlishi xavfi tugʻilganda ularga yordam berish;
hayvonot dunyosi obyektlarini davlat hisobiga olish va ulardan foydalanish hajmlarini hisobga olish;
hayvonot dunyosi obyektlarining davlat kadastrini yuritish va hayvonot dunyosi monitoringini amalga oshirish;
hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida nazoratni amalga oshirish;
hayvonot dunyosi obyektlarini Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqishni tartibga solish;
hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish hamda oʻtkazish;
hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish;
hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish boʻyicha biotexnik va boshqa tadbirlar oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
