13-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanishni taʼminlashda ishtirok etishi
“Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-408-son) · Sana: 19.09.2016 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi:
hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi davlat dasturlarini hamda boshqa dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
hayvonot dunyosi obyektlarining davlat hisobini va ulardan foydalanish hajmlarining hisobini belgilangan tartibda yuritadi;
hayvonot dunyosi obyektlarining davlat kadastri va Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobi yuritilishini ilmiy jihatdan taʼminlashni amalga oshiradi;
ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida xulosalar beradi;
hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi ilmiy yoʻnalishlarni belgilaydi, ilmiy tadqiqotlar dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi qonunchilikka muvofiq hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanishni taʼminlash boʻyicha boshqa tadbirlarda ham ishtirok etishi mumkin.
