12-modda
Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar toʻgʻrisida · Sana: 16.12.1966 · Amalda
1. Mazkur Paktda ishtirok etuvchi davlatlar har bir kishining jismoniy va ruhiy salomatlik jihatdan oliy darajaga yetishi huquqini eʼtirof etadi.
2. Ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlar koʻrishi kerak boʻlgan choralar quyidagi ishlar uchun zarur tadbirlarni oʻz ichiga oladi:
a) oʻlik goʻdaklar tugʻilishini va bolalar oʻlimini qisqartirish hamda bolalarning sogʻlom rivojlanishini taʼminlash;
b) tashqi muhitning hamma jihatlarini va sanoatda mehnat gigiyenasini yaxshilash;
s) yuqumli, endemik, kasbiy va boshqa kasalliklar oldini olish, davolash hamda ularga qarshi kurashish;
b) kasal boʻlgan hollarda hammaga tibbiy yordam koʻrsatish va tibbiy parvarishni taʼminlaydigan sharoit yaratish.
