13-modda
Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar toʻgʻrisida · Sana: 16.12.1966 · Amalda
1. Ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlar har bir kishining taʼlim olish huquqini eʼtirof etadi. Ular taʼlim inson shaxsining toʻliq rivojlanishi va uning qadr-qimmatini anglashiga qaratilgan boʻlishi lozim, inson huquqlari va asosiy erkinliklarini hurmat qilishni mustahkamlash zarur degan fikrga keladi. Shuningdek, taʼlim barchaga erkin jamiyatning foydali aʼzolari boʻlishga imkon yaratishi, barcha irqiy, etnik va diniy guruhlar oʻrtasidagi doʻstlikka, xayrixohlikka va sabr-toqatli boʻlishga hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining tinchlikni sakdash borasidagi ishiga koʻmaklashishi lozim degan fikrga keladi.
2. Mazkur Paktda ishtirok etuvchi davlatlar ushbu huquqlarning toʻliq amalga oshirilishi uchun quyidagi ishlarni amalda bajarish kerakligini eʼtirof etadi:
a) boshlangʻich taʼlim hamma uchun majburiy va tekin boʻlishi kerak;
b) oʻrta taʼlimning barcha shakllari, jumladan hunar-texnika oʻrta taʼlimi ochiq boʻlishi va barcha zarur choralar koʻrilib, xususan, asta-sekin pulsiz taʼlim olishni joriy etish yoʻli bilan barchaning imkoni yetadigan darajaga erishish lozim;
c) har bir insonning qobiliyatini hisobga olgan holda barcha zarur choralarni koʻrish, xususan asta-sekin bepul taʼlim olishni joriy etish yoʻli bilan oliy taʼlim olish hamma uchun imkon yetadigan darajada boʻlishiga erishish kerak;
b) oddiy taʼlim, boshlangʻich taʼlimning toʻliq kursini oʻtmagan yoki tugallamagan kishilar uchun imkon boricha ragʻbatlantirilishi yoki jadallashtirilishi lozim;
e) barcha darajadagi maktablar tarmoqlari faol rivojlantirilishi, stipendiyalarning qoniqarli tizimi belgilanishi va oʻqituvchilarning moddiy ahvoli doimiy ravishda yaxshilanib borishi kerak.
3. Ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlar ota-onalarning va tegishli hollarda qonuniy vasiylarning oʻz farzandlari uchun davlat hokimiyati taʼsis etgan maktablarnigina emas, taʼlim olish uchun davlat tomonidan belgilanishi yoki tasdikdanishi mumkin boʻlgan eng kam talabga javob beruvchi maktablarni ham tanlab olish erkini hurmat qilish majburiyatini oladi. Ota-onalar yoki qonuniy vasiylarning bu erkiga oʻz shaxsiy eʼtiqodiga koʻra farzandlarini diniy va axloqiy taʼlim bilan taʼminlashlari ham kiradi.
4. Mazkur moddaning hech bir qismi ayrim shaxslar va muassasalarning ushbu moddaning birinchi bandida bayon qilingan tamoyillarga ogʻishmay rioya etib va ushbu muassasalarda berilayotgan taʼlim davlat tomonidan belgilab qoʻyilishi mumkin boʻlgan eng kam talablarga javob berishiga rioya qilib oʻquv yurtlari ochish borasidagi erkinligini kamsitadi degan mazmunda talqin qilinmasligi kerak.
