16-modda
Xotin-qizlarni kamsitishining barcha shakllariga barham berish toʻgʻrisida · Sana: 18.12.1979 · Amalda
1. Ishtirokchi-davlatlar xotin-qizlarning nikoh va oila munosabatlariga taalluqli hamma masalalarda kamsitilishini bartaraf etish uchun barcha tegishli choralarni koʻradilar, jumladan, erkak va ayollarning tengligi asosida quyidagi huquqlarni taʼminlaydilar:
a) nikohdan oʻtishda bir xil huquqlar;
b) turmush oʻrtogʻini erkin tanlash va nikohdan faqat oʻzining erkin va toʻliq roziligi bilan oʻtishda teng huquqlar;
c) nikohdan oʻtish hamda uni bekor qilish paytida bir xildagi huquq va burchlar;
d) bolalarga taalluqli boʻlgan masalalarda oilaviy sharoitidan qati nazar, barcha vaziyatda bolalarning manfaati ustun turgan holda, erkak va ayollar ota-ona sifatida bir xildagi burch va huquqlarga ega boʻlishi;
e) oilada bolalar soni, ularning tugʻilishi oʻrtasidagi yoshi masalasini erkin va masʼuliyatli yechishda va bu huquqlarni amalga oshirishni taʼminlab beradigan vositalarga, maʼlumotlarga va taʼlim olishga bir xilda yondashish huquqiga ega boʻlish;
f) bolalarni farzandlikka olish, vakolat berish, tarbiyalash, vasiylik qilish yoki shunga oʻxshash vazifalarni milliy qonunga asosan amalga oshirishda barcha vaziyatlarda bolalarning manfaati ustun turgan holda bir xil burch va huquqlarga ega boʻlish;
g) er va xotinning teng shaxsiy huquqlari, shu jumladan, ismi-sharifini, kasb va mashgʻulotni tanlash huquqi;
h) er-xotinning mol-mulkka bepul va pullik egalik qilish, sotib olish, boshqarish, foydalanish va tasarruf qilish borasidagi teng huquqlari.
2. Bolani unashtirib qoʻyish va nikohlash yuridik kuchga ega boʻlmaydi, nikohdan oʻtishning eng quyi yoshini aniqlash va nikohlarni fuqarolik holati dalolatnomalarida majburiy qayd etish maqsadida, barcha zarur, shu jumladan, zarur qonunchilik chora-tadbirlari koʻriladi.
