15-modda
Xotin-qizlarni kamsitishining barcha shakllariga barham berish toʻgʻrisida · Sana: 18.12.1979 · Amalda
1. Ishtirokchi-davlatlar xotin-qizlarning qonun oldida zrkaklar bilan tengligini tan oladilar.
2. Ishtirokchi-davlatlar xotin-qizlarga erkaklar bilan bir xil fuqarolik huquqlarini va ularni amalga oshirishning bir xil imkoniyatlarini beradilar, jumladan, ular mulkni boshqarish va shartnomalarni tuzish vaqtida xotin-qizlarning teng huquqlarini, shuningdek, tribunal va sud muhokamasining barcha bosqichlarida ularga nisbatan teng munosabatni taʼminlaydilar.
3. Ishtirokchi-davlatlar shunga qoʻshiladilarki, xotin-qizlarning huquqlarini cheklashga qaratilgan har qanday huquqiy shartnomalar va boshqa har xil xususiy hujjatlar haqiqiy emas deb hisoblanadi.
4. Ishtirokchi-davlatlar erkak va xotin-qizlarga shaxsning koʻchib yurishi, yashash va turar joyni tanlash erkinligiga taalluqli boʻlgan qonunchilikka nisbatan bir xildagi huquqlarni beradi.
