13-modda
Xotin-qizlarni kamsitishining barcha shakllariga barham berish toʻgʻrisida · Sana: 18.12.1979 · Amalda
Ishtirokchi-davlatlar ijtimoiy va iqtisodiy hayotning boshqa sohalarida xotin-qizlarning kamsitilishiga barham berish, shu bilan birga erkak va ayollarning tengligi asosida ularning teng huquqlarini taʼminlash borasida tegishli barcha choralarni koʻradilar, jumladan quyidagi huquqlarni taʼminlaydilar:
a) oilaviy nafaqa huquqi;
b) zayom, koʻchmas mulk hisobiga qarz va boshqa shakldagi moliyaviy kreditlarni olish huquqi;
c) dam olish bilan bogʻliq tadbirlarda, sport mashgʻulotlarida va madaniy hayotning barcha sohalarida qatnashish huquqi.
