12-modda
Xotin-qizlarni kamsitishining barcha shakllariga barham berish toʻgʻrisida · Sana: 18.12.1979 · Amalda
1. Ishtirokchi-davlatlar xotin-qizlarning sogʻligʻini saqlash sohasidagi huquqlari kamsitilishiga barham berish maqsadida, erkak va ayollarga tibbiy xizmatni teng taʼminlash, oilaning katta-kichikligini rejalashtirish masalalarida tegishli barcha choralarni koʻradilar;
2. Ishtirokchi-davlatlar ushbu moddaning 1-bandi qoidalari bilan bir qatorda ayollarning homiladorlik, tugʻruq va tugʻruqdan keyingi davrida tegishli xizmatlar bilan taʼminlaydi va zaruriyat tugʻilganda, bepul xizmatlar koʻrsatadilar, shuningdek, homiladorlik va emizikli davrda kerakli oziq-ovqatlarni yetkazib beradilar.
