55-modda. Qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi
“Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-387-son) · Sana: 03.06.2015 · Amalda
Qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
Qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi:
qimmatli qogʻozlar bozorini shakllantirish, rivojlantirish, nazorat qilish va tartibga solish sohasida davlat siyosatini amalga oshiradi;
qimmatli qogʻozlar bozoridagi professional faoliyatni litsenziyalaydi, mazkur sohada ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillarini amalga oshiradi;
investitsiya maslahatchilarining xabarnomalarini qabul qiladi, ularning reyestrini yuritadi;
investorlarning hamda qimmatli qogʻozlar egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlaydi;
qimmatli qogʻozlar bozorini shakllantirish va tartibga solish hamda uning ishtirokchilari faoliyati sohasida normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqadi;
qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirishga doir talablarni, qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilarining mutaxassislariga qoʻyiladigan malaka talablarini belgilaydi, ularni attestatsiyadan oʻtkazadi va malaka sertifikatlari beradi;
emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni (davlat qimmatli qogʻozlari bundan mustasno) chiqarish qoidalarini, qimmatli qogʻozlarga doir bitimlarni roʻyxatdan oʻtkazish qoidalarini, qimmatli qogʻozlarga doir operatsiyalar oʻtkazilishini hisobga olish va ular yuzasidan hisobot berish standartlarini, qimmatli qogʻozlar egalarining reyestrlarini va qimmatli qogʻozlarga doir bitimlarni hisobga olish registrini yuritish tartibini tasdiqlaydi;
emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishining Yagona davlat reyestrini yuritish tartibini belgilaydi;
Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi xizmatlari uchun tariflarning miqdorlarini kelishadi;
qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi hamda aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikning davlat boshqaruvi organlari, qimmatli qogʻozlar bozorining ishtirokchilari tomonidan bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi hamda qonunchilikning buzilganligi aniqlangan hollarda ular yuzasidan bajarilishi majburiy boʻlgan xulosalar va koʻrsatmalar chiqaradi, qoidabuzarlarga nisbatan qonunchilikka muvofiq sanksiyalar qoʻllaydi;
