40-modda. Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysining huquq va majburiyatlari
“Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-387-son) · Sana: 03.06.2015 · Amalda
Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi:
Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan chiqarilgan va Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida muomalada boʻlgan qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni hisobga olish uchun chet ellik nominal saqlovchiga hisobvaraqlar ochishga;
emitent bilan tuziladigan shartnomaga koʻra daromadlarni (dividendlarni) va qimmatli qogʻozlarning qiymatlarini toʻlash uchun moʻljallangan pul mablagʻlarini olishga, shuningdek tegishli toʻlovlarni amalga oshirishga;
jismoniy va yuridik shaxslarning milliy hamda xorijiy valyutada bank hisobvaraqlarini, shu jumladan vakillik hisobvaraqlarini ochishga va yuritishga;
xorijiy banklar va markaziy depozitariylarda vakillik hisobvaraqlarini ochishga;
qimmatli qogʻozlar egalarining reyestrlarini yuritishga doir vazifalarni bajarishda investitsiya vositachilaridan va chet ellik nominal saqlovchilardan mazkur reyestrlarni shakllantirish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni olishga haqli.
Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi:
manfaatdor shaxslarning qimmatli qogʻozlarni Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysida saqlash va hisobga olish qoidalari bilan tanishib chiqish imkoniyatini taʼminlashi;
saqlash uchun qabul qilib olingan hujjatli qimmatli qogʻozlarning but saqlanishini taʼminlashi;
oʻzining har bir deponentiga tegishli qimmatli qogʻozlar sonining va nominal qiymatining hisobini yuritishi;
qimmatli qogʻozlarga majburiyatlar yuklatilganligi, shuningdek ularning tugatilganligi faktlari hisobini yuritishi;
oʻz deponentlarining depo hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni amalga oshirishga asos boʻlgan birlamchi hujjatlarni idoraviy arxivda saqlashi;
oʻz deponentlarining depo hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni deponentlarning yoki ular vakil qilgan shaxslarning yozma topshiriqlari asosida amalga oshirishi, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
oʻz deponentining qimmatli qogʻozlarga boʻlgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarini uning depo hisobvaragʻidan tegishli koʻchirma bergan holda tasdiqlashi;
