39-modda. Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysining mutlaq vazifalari
“Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-387-son) · Sana: 03.06.2015 · Amalda
Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysining mutlaq vazifalari quyidagilardan iborat:
qimmatli qogʻozlarni hisobga qoʻyish;
hujjatli qimmatli qogʻozlarni saqlash;
qimmatli qogʻozlar chiqarilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni saqlash;
qimmatli qogʻozlar egalarining reyestrlarini yuritish;
davlatning qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarini, shuningdek qimmatli qogʻozlarni boshqarish boʻyicha davlat vakolat bergan shaxslarning qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarini hisobga olish;
investitsiya vositachilari va chet ellik nominal saqlovchilarning depo hisobvaraqlarini yuritish;
qimmatli qogʻozlardagi hisob-kitoblarni va qimmatli qogʻozlarning uyushgan savdosida qimmatli qogʻozlarga doir bitimlar natijalari boʻyicha pul mablagʻlaridagi hisob-kitoblarni belgilangan tartibda amalga oshirish;
Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan chiqarilgan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida muomalaga kiritilgan qimmatli qogʻozlarni hisobga olish;
Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari tomonidan chiqarilgan, Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida muomalaga kiritilgan qimmatli qogʻozlarni hisobga olish;
agar qonunchilikda boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, investitsiya fondlari tomonidan chiqarilgan va ularga tegishli qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni hisobga olish;
Deponentlarning yagona bazasini yuritish;
Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari tomonidan chiqarilgan emissiyaviy qimmatli qogʻozlarga xalqaro kodlarni berish;
depo hisobvaraqlari boʻyicha qimmatli qogʻozlar harakati toʻgʻrisidagi axborotni toʻplash va tizimlashtirish.
Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysining mutlaq vazifalari, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari tomonidan chiqarilgan, Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida muomalaga kiritilgan qimmatli qogʻozlarni hisobga olish boʻyicha vazifalari xalqaro obligatsiyalarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
