25-modda. Qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatni birga qoʻshib olib borishga doir cheklovlar
“Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-387-son) · Sana: 03.06.2015 · Amalda
Investitsiya fondining faoliyati boshqa turdagi faoliyat bilan birga qoʻshib olib borilishi mumkin emas.
Investitsiya maslahatchisi, agar u emitentlarga qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni hisobga olish tizimiga taalluqli hujjatlarni qabul qilish, ularga ishlov berish va ularni topshirish xizmatlarini (transfer-agent xizmatlarini) koʻrsatayotgan boʻlsa, investitsiya vositachisi professional faoliyatini amalga oshirishga haqli emas.
Professional faoliyatni birga qoʻshib olib borish va qimmatli qogʻozlar boʻyicha operatsiyalarni oʻtkazishga doir qoʻshimcha cheklovlar qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
